1. Qanday bog‘lanish mumkin
Email: amir@timurid.uz. Murojaatda muammoni qisqacha tushuntiring, ilova nomi va versiyasini, telefon modeli, Android yoki iOS versiyasi hamda muammo kuzatilgan taxminiy vaqtni ko'rsating.
Parol, bir martalik SMS-kod, qurilma siri yoki bolaning aniq manzilini yubormang. Zarur bo'lsa, biz qo'shimcha xavfsiz ma'lumotni alohida so'raymiz.
2. Akkaunt va oila ma’lumotlari
Oila ma'lumotlarini eksport qilish va butunlay o'chirish tartibi himoyalangan ma'lumotlarni boshqarish sahifasida. Qanday ma'lumotlar saqlanishi haqida Maxfiylik siyosatida o'qing.
3. Texnik nosozlik
Ilova yopilib qolsa, joylashuv yangilanmasa yoki bildirishnoma kelmasa, muammo takrorlanadigan qadamlarni yozing. Skrinshot yuborish mumkin, lekin unda bola koordinatalari, telefon raqami, taklif kodi va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni yoping.
Xavfsizlik zaifligi haqida xabar berish uchun alohida xavfsizlik sahifasidan foydalaning.